Tadbirkor
Hayot yo dadil sarguzasht, yoxud mutlaq hech vaqo.
ESTP (Tadbirkorlar) shaxsiyat turiga ega odamlar quvnoq, joʻshqin va oʻz-oʻzidan paydo boʻladigan energiya bilan toʻla insonlardir. Ular koʻpincha raqobatbardosh boʻlib, hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun raqobat ruhiyati zarur, deb hisoblaydilar. Harakatga yoʻnaltirilgan munosabati sabab, ular oʻtgan voqealar haqida oʻylab vaqtni sarflashmaydi. Darhaqiqat, hozirgi onga diqqatni jamlashda shu qadar mohirlik koʻrsatadiki, kun davomida vaqtni unutib ham qoʻyishlari mumkin.
Nazariya, mavhum tushunchalar va global muammolar ularning oqibatlari haqidagi uzoq-uzoq muhokamalar ESTP shaxslarini uzoq vaqt qiziqtira olmaydi. Ular suhbatlarini jonli, oqilona, va aynan mavjud yoki, bundan ham yaxshi, amalda bajarish mumkin boʻlgan masalalarda tutishni yaxshi koʻrishadi. Ular koʻpincha oldindan puxta oʻylashdan koʻra, “ot qilichni, bilmasang – dushmanni yeng” qabilida ish tutib, xatolarni yoʻlda tuzatishni afzal koʻrishadi.
Darhol shoʻngʻish
ESTPlar jasur va dadil kishilar boʻlib, tavakkal qilishdan yoki oʻz impulslariga koʻra harakat qilishdan qoʻrqmaydi. Ular har lahzadan zavqlanib, ochiq ong va tashqi ishonch bilan amaliyotga shoʻngʻishadi. Bu shaxsiyat turidagi odamlar drama, ehtiros va lazzatlanishni yoqtiradi, ammo bu ularni hissiy sarguzasht sifatida emas, balki tafakkur uchun ragʻbat sifatida jalb qiladi. Ular tezkor, mantiqiy tahlil orqali darhol qaror qabul qilishga moyil.
Shu sababli maktab va boshqa qatʼiy tashkiliy muhitlar ESTPlar uchun muammo tugʻdirishi mumkin. Gap ularning zakovati pastligi haqida emas – aslida ular bu muhitda ham yaxshi oʻqishi mumkin, ammo rasmiy taʼlimning rejalashtirilgan, maʼruzali yondashuvi mazkur shaxslar sevgan amaliy oʻqish tarzidan yiroq. Buni maqsadga erishish yoʻlida muhim vosita sifatida qabul qilish ulardan katta yetuklik talab qiladi.
Yana bir qiyinchilik shundaki, ESTPlar uchun birovning odob-axloq mezonidan koʻra, oʻz axloqiy mezoniga tayanish maʼqulroq tuyuladi. Qoidalar buzilish uchun yaratilgan, deb oʻylashadi. Koʻpchilik maktab oʻqituvchilari yoki korporativ rahbarlar esa bu fikrga qoʻshilmaydi, bu esa ESTP shaxslariga maʼlum bir obroʻ yoki nom qozonishiga olib keladi. Ammo agar ular bezorilikni kamaytirib, oʻz energiyasini toʻgʻri boshqarishsa va zerikarli ishlar ustida ham fokuslana olishsa, ESTPlar bilan hisoblashmaslikning iloji boʻlmay qoladi.
Kamroq bosib oʻtilgan yoʻl
Ehtimol, barcha shaxsiyat turlari orasida eng sezgir va filtrlarsiz nigohga ega boʻlgan ESTPlar eng mayda oʻzgarishlarni ham ilgʻash qobiliyatiga ega. Xoh yuz ifodasining evrilishi, xoh yangi kiyim uslubi, xoh buzilgan odat boʻlsin, ular yashirin fikrlar va niyatlarni payqashadi – boshqalar esa bunday aniq dalillarni seza olmaydi. ESTPlar buni darhol ishga solib, oʻsha oʻzgarishni yuzaga chiqaradi va savollar beradi, hatto bu boshqalarga noqulaylik tugʻdirsa ham. Ular oʻta toʻgʻridan-toʻgʻri va ochiq gapiruvchi insonlardir.
ESTP (Tadbirkorlar) shaxsiyat turiga ega odamlar ehtiros va energiyaga boy boʻlib, baʼzan chalgʻib ketsa ham, ularning aqli odatda mantiq va hushyorlik bilan uygʻundir. Ilhomlantiruvchi, ishontiruvchi va rang-barang, ular tabiiy guruh yetakchilari boʻlib, barchani odatdagidan chetroq yoʻlga ergashtiradi, boradigan joyga hayot va shijoat olib keladi. Bu xususiyatlarni konstruktiv va foydali natijaga yoʻnaltirish ularning haqiqiy sinovidir.